AsosiyJamiyat

Surxondaryoda voyaga etmagan qizlarga diniy ta`lim berayotgan noqonuniy hujra aniqlandi

'Surxondaryoda voyaga etmagan qizlarga diniy ta`lim berayotgan noqonuniy hujra aniqlandi'ning rasmi

2022 yilning 14 may kuni DXX Surxondaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi va IIO hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida voyaga etmagan qizlarga noqonuniy ravishda diniy ta`lim berib kelgan fuqaro aniqlandi. Bu haqda Surxondaryo AOKA matbuot kotibi xabar qildi.

Xususan, Denov shahri “Olovuddin” mahallasida yashovchi 1991 yilda tug`ilgan ayol tegishli ruxsatsiz yashash xonadonida hujra tashkil qilib, 2005–2011 yillar oralig`ida tug`ilgan 6 nafar voyaga etmagan qizlarga diniy saboq berib kelgan.

Qizlar orasida nafaqat “Olovuddin” mahallasi, balki qo`shni “Yurchi”, “Shakarqul”, “Vodiy” mahallalaridan kelganlar ham bor. Ular ushbu hududlardagi umumta`lim maktablarining 4-10 sinf o`quvchilari hisoblanadi.  

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunida diniy ta`lim muassasalaridan tashqarida xususiy tartibda diniy ta`lim faoliyati bilan shug`ullanish taqiqlanishi belgilab qo`yilgan, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar