AsosiyJamiyat

Namanganda bolakay attraksionda qisilib qoldi (video)

'Namanganda bolakay attraksionda qisilib qoldi (video)'ning rasmi

Hodisa Namangan viloyati Namangan shahri Usmon Nosir ko`chasi 27 uyda joylashgan Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog`ida yuz bergan.

 3 iyun kuni soat taxminan 11larda “Velotrek” attraksionida bolakay siqilib qolgan.

Sanoat xavfsizligi qo`mitasi axborot xizmati bu haqda xabar bermoqda. 

Ma`lum bo`lishicha, voqeadan 4 kun avval Bobur bog`i hududida ishchi guruh tomonidan  o`rganish o`tkazilganda yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli “Velotrek” attraksioni bo`yicha ma`lumotnoma rasmiylashtirilgan hamda attraksiondan tegishli qoidalarga rioya qilgan holda foydalanish, uni ekspluatasiya qiluvchi operator xodimlarni o`qitish zarurligi to`g`risida yozma ko`rsatma berilgan va tadbirkordan uni o`zboshimchalik bilan ishlatmaslik to`g`risida tilxat olingan.

Shunga qaramasdan 3 iyun kuni ko`chma attraksion tegishli hujjatlarsiz ishlatilgan.

Ta`kidlanishicha, bolakayning o`zi “Velotrek”da o`tirgan do`stini uchirmoqchi bo`lgani. Bu tasvirga ham tushib qolgan.

"Maxmudov Muhamadjonga jiddiy shikast etmagan, unga o`z vaqtida yordam ko`rsatilgan",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar