Sal avval Toshkentda ovqatlanish majmuasi yonib ketgani haqida xabar bergan edik.
FVV Chilonzor tumanida sodir bo`lgan yong`in yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, yong`in natijasida oshxona hududining 15 m.kv maydonida tom qismi yonib zararlangan.
Voqea oqibatida tan jarohati olgan va xalok bo`lganlar yo`q.
Qayd etilishicha, hozirda yong`inning kelib chiqish sababi noma`lum. Moddiy zarar miqdori ham aniqlanmoqda.






