AsosiyJamiyat

Farg`onalik qassob yigit o`z kushxonasida so`yib ketilgani aytildi

'Farg`onalik qassob yigit o`z kushxonasida so`yib ketilgani aytildi'ning rasmi

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov joriy yilning 5 iyun kuni quvalik qassobning murdasi xonadoniga tutash kushxonadan topilganini tasdiqladi va jinoyat ishi qo`zg`atilganini ma`lum qildi.

Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko`ra, qassob bo`yin old yuzasi yuqori qismidagi mushaklari qon tomirlari shikastlanishi ortidan, qon ketishi natijasida vafot etgan.  Shuningdek, murda ko`zdan kechirilganda boshqa tan jarohatlari va ulardan qolgan izlar ham aniqlangan. Holat yuzasidan o`ttizdan ortiq shaxslar so`roq qilingan. Ularning aksariyati marhumdan haqdorligi, qassobning qarzlari turli qora mol va qo`ylarni nasiyaga olgani natijasida hosil bo`lganini bildirishgan.

Ayni paytda Quva tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari davom ettirilayotgani aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar