AsosiyJamiyat

Andijonda "Gashish" savdosi, Sirdaryoda giyohvandlik moddalari "oldi-sotdisi", Surxondaryoda ko`knori parvarishi...

'Andijonda "Gashish" savdosi, Sirdaryoda giyohvandlik moddalari "oldi-sotdisi", Surxondaryoda ko`knori parvarishi...'ning rasmi

Bugungi kunda respublika bo`ylab giyohvandlik moddalarini o`stirish, parvarishlash va sotishga butkul chek qo`yish masalasida targ`ibot-tashviqot ishlari olib borilayotgan bo`lsa-da, Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmatining taqdim etib borayotgan xabarlarida hamon kun davomida 2-3 hududda qonunda taqiqlangan aynan shu turdagi ishlarga qo`l urgani aniqlangan fuqarolar uchrab turibdi. Quyida ana shunday holatlardan bir nechtasi haqida gapirib o`tamiz...

Birinchi holat (Andijon):

O`zbekiston Respublikasi IIV JQBB, Andijon viloyati IIB JQB hamda tuman IIB xodimlari bilan o`tkazilayotgan "Qoradori-2022" tadbirining 1-bosqichi davomida, Qo`rg`ontepa tumanida yashovchi fuqaro M.T. xolis xaridorga og`irligi 340 gramm "Gashish" giyohvandlik vositasini 5 000 AQSh dollari evaziga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Qo`rg`ontepa tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib bormoqda.

Ikkinchi holat (Sirdaryo):

"Qoradori - 2022" tadbiri doirasida Sirdaryo viloyati IIB, DXX Sirdaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi hamda viloyat Bojxona boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan olingan tezkor ma`lumot asosida ismi shartli o`zgartirilgan Toshkent shahrida yashovchi Dilshod Jiyanov giyohvandlik moddalari oldi-sottisi bilan shug`ullanayotganligi aniqlandi.

Aniqlangan ma`lumotlar asosida Toshkent shahrida hamkorlikda o`tkazilgan «Nazorat ostiga olish» tezkor tadbir davomida Dilshod Jiyanovning jinoiy sherigi Toshkent shahrida yashovchi Bahodir Rajabov giyohvandlik moddasini sotish yuzasidan MamarasulXurramov bilan kelishuv bo`yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani Musavvirlar ko`chasida uchrashib, uning boshqaruvida bo`lgan Neksiya-3 rusumli avtomashinasi salonida Gashish giyohvandlik vositasini 1.800.000 so`m pul evaziga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo`lga olindi. Tadbir davomida xaridor MamarasulXurramov xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv qilinganda, undan rangsiz sellofan paketgacha joylashtirilgan, jigar rangli, o`zidan o`tkir hid taratuvchi, nazorat o`lchovidan o`tkazilganda 5 gramm og`irlikda bo`lgan Gashish giyohvandlik vositasiga o`xshash vosita hamda Bahodir Rajabov boshqaruvida bo`lgan Neksiya-3 rusumli avtomashina ko`zdan kechirilganda, avtomashina saloni ichidan jigar rangli, o`zidan o`tkir hid taratuvchi, nazorat o`lchovidan o`tkazilganda 0,99 gramm og`irlikda bo`lgan Gashish giyohvandlik vositasiga o`xshash vosita borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan tezkor surishtiruvlar davomida olingan ma`lumotlar asosida, tezkor tadbir davom ettirilib, giyohvandlik maddalari oldi-sottisi bilan shug`ullanib kelayotgan Dilshod Jiyanov dam olayotgan Toshkent viloyati Bo`stonliq tuman Yangi mahalla hududida joylashgan oilaviy mehmon uyida ushlanib, ushbu joy ko`zdan kechirilganda, qog`oz bo`lagiga o`ralgan hamda 1 dona sigeratga joylashtirilgan marixuana giyohvandlik vositasiga o`xshash vositalar ashyoviy dalil sifatida olinib hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida Dilshod Jiyanov va Bahodir Rajabovlar o`z yashash xonadonlarida shisha idishlarga (bankalarga) joylashtirilgan yashil rangli, o`zidan o`tkir hid taratuvchi, quruq holatdagi marixuana giyohvandlik vositalariga o`xshash vositalarni xolislar ishtirokida ixtiyoriy taqdim etilgan.

Hozirda holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273 moddasi 5 qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Uchinchi holat (Surxondaryo):

2022 yil 7 may kuni soat 11.00 da Denov tumanidagi “Dunyotepa” mahallasida yashovchi R.M.ning xonadoni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan ko`zdan kechirilgan. Natijada, xonadondagi tomorqada (EKBning 10.05.2022 yildagi xulosasiga ko`ra) 60 tup ko`knor o`simligi ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlandi. Shu kunning o`zida tegishli 60 tup ko`knor o`simligi hujjatlashtirib olingan.

17 may kuni esa R.M.ga nisbatan O`zRJKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar