AsosiyJamiyat

Ohangarondagi haydovchining o`limi yuzasidan Bosh prokuratura munosabat bildirdi

'Ohangarondagi haydovchining o`limi yuzasidan Bosh prokuratura munosabat bildirdi'ning rasmi

Avvalroq Ohangaron tumanida YHXB inspektorlari va haydovchi o`rtasidagi vaziyat hamda haydovchining o`limi bilan bog`liq holat haqida ma`lum qilgan edik. Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.  

Marhumning o`limi sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Holatga aniqlik kiritish uchun YHXB xodimlariga biriktirilgan “Body camera”da aks ettirilgan videotasvirlar olingan.  

YHXB xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Mazkur holat har tomonlama, to`la va xolisona tekshirib chiqiladi va natijasi haqida qo`shimcha xabar qilinadi, deyilgan xabarda.

    Boshqa yangiliklar