"Uzavtomotors" kompaniyasi yangi avtomobillar modelini ishlab chiqarish arafasida kompaniyaga jurnalist va blogerlarni taklif qildi. 2020 yil 29 dekabr kunidagi hukumat qaroriga muvofiq, "Uzavtomotors" hozirga vaqtda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga katta e`tibor qaratmoqda, endilikda "UZAVTOMOTORS POVERTREIN" kompaniyasida “TRACKER-2023" va "CHEVROLET-10X" avtomobillari uchun dvigatel ishlab chiqariladi. Bu haqda kompaniya boshqaruv direktorining birinchi o`rinbosari Shuhrat Shomirzaev quyidagshildarni ma`lum qildi:
— Bu liniyamiz 1/2 turbo va oddiy 1/2 dvigatelini ishlab chiqarishga mo`ljallangan. Hozirda birinchi dvigatellarni liniyaga qo`yib sinash ishlari olib borilyapti. Hozirda Meksikadagi RAMZ GM zavodi bor, u zavoddan okean orqali Asaka zavodiga to`g`ridan to`g`ri reyslar bilan olib kelinadi. Yangi liniyamiz ishga tushgandan keyin qo`shimcha 250 ta ish o`rni tashkil etilishi mo`ljallangan, hozirgi ishlab chiqarilayotgan eski 1/2 dvigatelimizda 90 ot kuchiga ega. Yangi chiqarayotgan turbo dvigatellarimizda bu ko`rsatkich 130 ga etib boradi.
Zavod faoliyati mashinalar uchun asosiy butlovchi qismlarni mahalliylashtirishga qaratilgan. "UZAVTOMOTORS POVERTREIN" kompaniyasidagi ushbu yangi liniya ishga tushadigan bo`lsa, 250 ta yangi ish o`rinlari yaratiladi, hamda yangi ishlab chiqarishlarni yo`lga qo`yish mahalliy bozorni ehtiyot qismlari bilan ta`minlash imkonini beradi.





