Ijtimoiy tarmoqlarda Urganchda 8 nafar shaxs "Kobalt" haydovchisini pichoqlab ketgani va jabrlanuvchi voqea joyida vafot etganligi haqida videoyozuv tarqalgan edi.
Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura o`z munosabtini va dastlabki ma`lumotlarni e`lon qildi.
Unga ko`ra, videoyozuvda aks etgan holat bo`yicha 2 iyun kuni jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilayotgani aytilgan.
Jinoyat ishi doirasida 1 nafar shaxsga Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o`ldirish) bilan ayb e`lon qilinib, "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
Qolgan 7 nafar shaxsga Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan ayb e`lon qilinib, 1 nafariga "qamoqqa olish" va 6 nafariga "munosib xulq-atvorda bo`lish to`g`risida tilxat" ehtiyot choralari qo`llanilgan.
Ma`lum qilinishicha, haydovchi voqea joyida vafot etgan.






