FVVning ma`lum qilishicha, bugun, 8 iyun kuni soat 03:14 da Qoraqalpog`iston Respublikasi To`rtko`l tumani “Oq qamish” OFY hududidan o`tgan A-380 avtomagistral yo`lining 555 km.da Toshkent shahridan Nukus shahriga salonida 55 nafar yo`lovchi va 2 nafar haydovchi bilan harakatlanib kelayotgan “YuTONG” rusumli yo`lovchi tashuvchi avtobusda yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida tuman FV bo`limiga xabar kelib tushgan.
Xabarga ko`ra, 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 03:40 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 04:15 da bartaraf etilgan. Yong`in natijasida avtobus to`liq yonib zararlangan. Yong`in elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida sodir bo`lganligi taxmin qilinmoqda.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo`lganlar yo`q.






