Farg`ona viloyatining Rishton tumanida 2022 yilning 30 may kuni tuman IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Guliston mahalla hududida yashovchi E.I.ning yashash xonadonini xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi va yashash xonadoni chordog`ida "marixuana" giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olindi, deya xabar bermoqda IIV.
Ma`lum qilinishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Giyohvandlik moddalarini iste`mol qilish sog`lig`ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang, deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.






