AsosiyJamiyat

180 ming AQSh dollariga er sotayotgan andijonlik rahbar ushlandi. Shuningdek, Samarqandning 4 ta tumanida...

'180 ming AQSh dollariga er sotayotgan andijonlik rahbar ushlandi. Shuningdek, Samarqandning 4 ta tumanida...'ning rasmi

DXX matbuot xizmati "darakchi.uz"ga er sotish bilan bog`liq jinoiy harakatlar haqida xabar qildi.

Andijon viloyatining Asaka tumanidagi pillachilikka ixtisoslashgan mas`uliyati cheklangan jamiyat rahbari o`zining 1988 y.t., muqaddam sudlangan qarindoshi bilan til biriktirib, mazkur MChJga tegishli bo`lgan 1 gektar er maydonini hokimiyat tizimidagi mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 180 ming AQSh dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Andijon shahrida o`tkazilgan tezkor tadbirda MChJ rahbari so`ralgan puldan 120 ming AQSh dollarini qarindoshi orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

PAYARIQ: Davlat kadastrlari palatasining Payariq tuman filiali mutaxassisi muqaddam o`zboshimchalik bilan egallab olgan, aslida mahalliy hokimlik zaxirasida bo`lgan 3 gektar lalmi er maydonini go`yoki o`ziga tegishli ekanligini aytib, uzumzor tashkil etmoqchi bo`lgan tadbirkorga har bir gektar erni 60 mln. so`mdan jami 180 mln. so`mga sotishga kelishadi. Shuningdek, mazkur er maydonini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 900 AQSh dollari ham talab qiladi. Ammo, u so`ralgan pul mablag`larini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

SAMARQAND: Ushbu tumanda kuzatilgan holatda esa 1986 y.t. shaxs issiqxona qurish uchun boshqa bir fuqaro nomiga rasmiylashtirilgan 50 sotix er maydonini ishlab chiqarish korxonasi qurmoqchi bo`lgan tadbirkor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 100 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 70 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

PASTDARG`OM: 1968 va 1972 yillarda tug`ilgan 2 nafar fuqaro ham issiqxona tashkil etmoqchi bo`lgan tadbirkorning ishonchiga kirib, tuman hokimligi zaxirasida bo`lgan 70 sotix er maydonini mansabdor tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 65 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 32 ming dollar olgan vaqtlarida ushlandi.

OQDARYo: Ushbu tumanda istiqomat qiluvchi, 1990 y.t. shaxs esa Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hokimligi zaxirasida bo`lgan 5 gektar er maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali tadbirkor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 50 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 25 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

 

    Boshqa yangiliklar