1

Toshkent shahrida terrorchilik tashkilotlar a`zolari qo`lga olindi

Jinoyat 08.06.2022, 15:00
Toshkent shahrida terrorchilik tashkilotlar a`zolari qo`lga olindi

Terrorchilik xavfi saqlanib qolayotgan va xarbiy to`qnashuvlar yuz berayotgan Afg`oniston, Suriya va Iroq xududlaridagi jangovar harakatlarda fuqarolarimiz ham ishtirok etib kelayotgani sababli, respublikamiz huquq tartibot idoralari va maxsus xizmatlari tomonidan O`zbekistonga nisbatan ehtimoliy terrorchilik xurujlarini aniqlash va oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot  xizmati xabar qildi. 

Jumladan, 2022 yilda «Islom davlati» (ID) va «Tavxid va jixod katibasi» (TJK) xalqaro terrorchilik tashkilotlari (ushbu tashkilotlar faoliyati O`zbekiston, RF, AQSh va ko`plab Evropa davlatlari hududida taqiqlangan) jangarilariga aloqador 4 ta yashirin guruh, yakka tartibda radikallashib, ekstremistik tashkilot va oqimlar g`oyalarini targ`ib qilib kelgan 10 ta “virtual” guruh hamda 250 nafar ekstremistik guruh a`zolari aniqlanib, ularning noqonuniy faoliyatiga chek qo`yildi.

Mazkur shaxslar yashab turgan manzillarida ekstremistik va terrorchilik tashkilotlarining g`oyalarini targ`ib qilish, yangi rekrutlarni (nomzodlar) yollab jangarilar lagerlariga yuborish, terrorizmni moliyalashtirish hamda qo`poruvchilik harakatlarini sodir etishga undash bilan shug`ullanib kelganlar.

Xususan, 2022 yilning boshida Toshkent shahrida 27 nafar shaxsdan iborat  yashirin ekstremistik guruh faoliyatiga chek qo`yilgan bo`lib, guruhning ayrim a`zolari jangovar harakatlar yuz berayotgan hududlarga borishni rejalashtirgan va xalqaro terrorchilik guruhlarini moliyalashtirish bilan shug`ullanib kelganlar. Hozirgi vaqtda IIV Tergov Departamenti tomonidan ushbu gurhning 11 nafar a`zolariga nisbatan JKning 216, 2441 va 2442 -moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, olib borilgan tezkor-tergov harakatlari davomida, Toshkent viloyatida yashovchi, 2001 y.t. «A.Sh.» qo`lga olinib, u Suriya hududidagi faoliyat olib borayotgan «TJK» xalqaro terrorchilik tashkiloti g`oyaviy rahnamosi A.Xamrabuvaevning (taxallusi «Axluddin Navkotiy», Kirg`iziston fuqarosi) ko`rsatmasi asosida, Toshkent shahrida yashovchi 9 nafar shaxslardan iborat yashirin jamoat tashkil etgan bo`lib, ularning ayrimlari Suriyadagi jangarilar safiga borib qo`shilishni rejalashtirgan.

   

Shuningdek, Toshkent shahrida yashovchi, 18-27 yosh oralig`idagi, ayrimlari maktab o`quvchilari hisoblangan 10 nafar shaxslardan iborat “TJK”ning 2 ta yashirin guruhi aniqlangan. Ushbu guruhlar faoliyati «KTJ» ning Suriyadagi mas`ullaridan biri «Abu Axmad uzbekiy» tomonidan boshqarilgan bo`lib, guruh a`zolari poytaxtdagi ma`muriy binolar, aholi gavjum jamoat joylarida qo`poruvchilik harakatlari sodir etishni rejalashtirganlar hamda terrorchilik tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirib kelishgan.

Kechiktirib bo`lmaydigan tezkor-tergov tadbirlar natijasida guruh a`zolaridan qo`lbola portlovchi qurilma tarkibiy qismlari va niqoblovchi buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Niqoblovchi buyumlar va portlovchi qurilma qismlari

 

Guruh a`zolariga nisbatan IIV Tergov Departamenti tomonidan JKning 155, 2441 va 2442-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Shu bilan birga, Suriyada terrorchilik tashkilotlari safida bo`lib, qidiruvda bo`lgan quyidagi shaxslarning ijtimoiy tarmoqlar va messendjerlar orqali o`zlarining O`zbekistondagi qarindoshlari va yaqin aloqalari orasida yollov ishlarini olib borib, ularni terrorchilik lagerlariga chiqishga chorlab kelayotganligi aniqlanib, noqonuniy harakatlariga barham berildi:         

   

Abdullox ToshkondiySalimSaidaminUbaydulloxJafar uzbekiy

 

IbroximRiyokorIstamMuxammadUxid

2022 yilda xorijiy maxsus xizmatlar bilan hamkorlik natijasida, qidiruvda bo`lgan 59 nafar jangarilar va terrorchi-ekstremistik tashkilotlar tarafdorlari qo`lga olinib, O`zbekistonga deportasiya qilingan. Ushbu shaxslar chet davlatlarda terrorchilik tashkilotlar safiga yollangan bo`lib, ularning faoliyatni moliyalashtirish, Suriyadagi jangarilar lagerlariga nomzodlarni yollash va yuborish bilan shug`ullangan. Shunigdek, ayrimlari  O`zbekistonda va o`zlari bo`lib turgan mamlakatlar hududida qo`poruvchilik harakatlarini sodir etishni rejalashtirib kelganlar.

Jumladan, 2022 yilning aprel oyida farg`onalik, 1995 y.t. “X.K.” RF hududida qo`lga olinib, O`zbekistonga ekstradisiya qilingan. Ushbu shaxs 2014-2015 yillarda Suriyadagi “TJK” terrorchilik tashkiloti safida jangovar-qo`porovchilik tayyorgarligidan o`tib, Rossiya hududida yashirin guruhlar yaratish, terrorchilik tuzilmalarni moliyalashtirish kanallarini yo`lga qo`yish uchun tashkilot etakchilari “Sh.Sh.” va “K.Sh.” tomonidan yuborilgan. “X.K.”ga nisbatan JKning 2442 va 1553-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari  olib borilmoqda.   

Ko`rilgan choralar natijasida, “TJK”ning qidiruvda bo`lgan Turkiyagadagi jangarisi – Samarqand viloyatidan bo`lgan, 1998 y.t. “B.D.”ning RFning Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida seriyali qator terrorchilik xurujlarini  amalga oshirishga qaratilgan harakatlariga chek qo`yilgan. Unga nisbatan JKning 1552, 223, 2441 va 2442-moddalari bilan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.       

Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyatida tug`ilgan, 1999 y.t. “S.X.” RF hududida qo`lga olinib, O`zbekistonga olib kelingan. Ma`lum bo`lishicha, u Internet orqali Suriyadagi “Xayat Taxrir ash-Shom” xalqaro terrorchilik tashkiloti jangarilari safiga yollanib, qo`lbola usulda portlovchi qo`rilmalarni yasash bo`ycha o`quvdan o`tgan va O`zbekistonda qaytganidan so`ng qo`poruvchilik harakatlari amalga oshirishni rejalashtirgan. Unga nisbatan JKning 2441, 155H va 248-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.        

 

«X.K«Sh.Sh«K.Sh«B.D«S.X

 

Bundan tashqari, joriy yilda “Xizb ut-Taxrir” diniy-ekstremistik tashkilotining Toshkent shahri va viloyatida yashovchi 5 nafar,  muqaddam jazo o`tab ozodlikka chiqqan 10 nafar a`zolarining noqonuniy faoliyatiga chek qo`yilgan bo`lib, ular Internet orqali tashkilotning g`oyaviy rahnamolaridan biri A.Xoldarovning («Maxmud Abdulmo`min», Qirgiziston fuqarosi, Ruminiyada yashirinib kelmoqda.) yollovi ta`siriga tushib, o`zlarining maslakdoshlaridan iborat yashirin guruh tuzganlar. 

Shuningdek, Toshkent shahri va viloyati hududida talonchilik, tovlamachilik, o`g`irlik va bosqinchilik bilan shug`ullanib kelgan  8 ta uyushgan jinoiy guruhning faoliyatiga barxam berilgan bo`lib, ular terrorchilik tashkilotlarining g`oyaviy ta`siriga tushib, noqonuniy topilgan daromadlaridan ekstremizmni moliyalashtirib kelganlar. Ayrimlari terrorchilar lagerlariga chiqib ketishga tayyorgarlik ko`rganlar.

Xususan, 2021 yilda Toshkent shahridagi “Texno olam” (“Malika”) savdo majmuasida tizimli ravishda mobil telefonlar o`g`irlash, firibgarlik, talonchilik jinoyatlari sodir etib, hududdagi qo`riqlash xizmati xodimlariga tan jarohati etkazish bilan shug`ullanuvchi jinoiy guruh faoliyatiga chek qo`yildi.

Ulardan 6 nafariga nisbatan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov davomida boshqa jinoyatlarga dahldor 50 dan ortiq aloqalari aniqlandi va ularga nisbatan profilaktik va ma`muriy ta`sir choralari qo`llanildi. 

Ta`kidlash joizki, yuqorida keltirilgan ekstremistik, terrorchilik va uyushgan jinoiy guruhlarning faoliyatiga chek qo`yishga qaratilgan tezkor-tergov tadbirlarining barchasi amaldagi qonunchilik normalariga qat`iy rioya qilgan holda, prokuratura idoralarining nazorati ostida o`tkazilgan.

E`tiborlisi shundaki, jinoyatchilarni qo`lga olish va huquq-tartibot idoralariga keltirish vaqtida ularning barchasi umumiy, deyarli o`xshash tashqi ko`rinishga ega ekanligi, xususan, terrorchilik tashkilotlari jangarilariga taqlid qilgan holda betartib, uzun soqol qo`yib yurganliklari aniqlangan.

Biroq, Internetning o`zbek segmentidagi ayrim blogerlar o`z reytingini oshirish va obunachilari sonini ko`paytirish maqsadida “baxsli” reportajlar tayyorlab, huquq-tartibot idoralarining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga qaratilgan qonuniy harakatlarini go`yoki, “dindorlarga nisbatan hujum” sifatila teskari talqin qilmoqdalar.

Eslatib o`tish joizki, O`zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik davlat bo`lib, qonunchilik asosini konstitusiya tashkil etuvchi tizimga ko`ra,  inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanib, shaxsning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta`minlanadi va xalq hokimiyatning yagona tayanchi hisoblanadi.

Huquqiy davlatning asosiy prinsiplaridan biri hisoblanuvchi qonun ustuvorligini ta`minlashda davlat va fuqarolar teng ravishda javobgar hisoblanadi. Barcha rivojlangan huquqiy davlatlar singari, qonunlarni buzganlik uchun siyosiy, diniy, g`oyaviy qarashlari, millati va irqidan qat`iy nazar har qanday shaxs amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.   

Qayd etish lozimki, ekstremizm va terrorizmga aloqadorlikda gumonlangan shaxslarning noqonuniy harakatlari uchun ma`muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi ularning tashqi ko`rinishlari bilan bog`liq emas.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o`zining Vatan va xalq oldidagi burchini bajarishga bundan keyin ham sodiq qolib, qonunlarni buzgan shaxslarning har qanday noqonuniy faoliyatiga qarshi kurashni davom ettiradilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1