AsosiyJamiyat

Samarqanddagi qabristonda yong`in chiqdi

'Samarqanddagi qabristonda yong`in chiqdi'ning rasmi

Bugun, 8 iyun kuni Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi qabristonda yong`in yuz berdi. Holat yuzasidan viloyat FVB ma`lumot berdi. 
Qayd etilishicha, soat 15:01 da “Mustaqillik” mahallasida joylashgan “Qang`li” qabristonida yong`in sodir bo`layotganligi haqida tuman FVBga xabar kelib tushgan. Shunga ko`ra, 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 15:05 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 15:28 da bartaraf etilgan. 
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Qabristonning taxminan 4 sotix maydonida quruq o`t yongan. Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 
 

    Boshqa yangiliklar