Joriy yilning o`tgan besh oyi davomida umumiy quvvati 1 154 megavatt bo`lgan 5 ta issiqlik va quvvati 100 megavatt bo`lgan 1 ta quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati axborot bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, ushbu 6 ta elektr stansiya yiliga 9 milliard 660 million kilovatt-soat elektr energiya ishlab chiqaradi. Qurilmalarning energiya tejamkorligi hisobiga yiliga 1 milliard 353 million metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.
Xususan, ishga tushgan elektr stansiyalardan birinchisi Buxoro viloyatining Buxoro tumanida quvvati 270 megavatt bo`lgan gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi hisoblanadi.
Ikkinchisi, Toshkent viloyatining Qibray tumanida qad rostlagan quvvati 240 megavatt bo`lgan bug`-gaz qurilmasi;
Uchinchisi, Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida quvvati 174 megavatt bo`lgan yangi issiqlik elektr stansiyasi;
To`rttinchisi, Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 230 megavatt bo`lgan gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi;
Beshinchisi, Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 240 megavatt bo`lgan zamoaniy issiqlik elektr stansiyasi;
Oltinchisi, Samarqand viloyatining Nuborod tumanida quvvati 100 megavat bo`lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.
Ta`kidlanishicha, stansiyalar qurilishi davomida 3 260 nafar ish o`rni yaratilgan bo`lsa, ular ishga tushishi natijasida band qilingan ish o`rinlari soni 445 nafarga oshgan.
Ma`lumotga ko`ra, joriy yil yakuniga qadar Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida quvvati 220 megavatt bo`lgan yangi issiqlik elektr stansiyasi (7-elektr stansiya) faoliyat yurita boshlaydi.






