AsosiyJamiyat

Qarshida 9 nafar MFY xodimining maoshiga 30 foizlik ustama to`lanmaganligi aniqlandi

'Qarshida 9 nafar MFY xodimining maoshiga 30 foizlik ustama to`lanmaganligi aniqlandi'ning rasmi

Qarshi shahar adliya bo`limi tomonidan xodimlarning oylik-maoshiga Qarshi shahar hokimligi tomonidan oylik ustama to`lanmay kelayotganligi aniqlandi. Bu haqda darakchi.uz'ga Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi xabar qildi. 

Mazkur holat yuzasidan 9 nafar MFY xodimlari oylik-maoshiga 30 foizlik ustama to`lanmaganlik to`g`risidagi murojaatlari bo`yicha sudga ariza kiritilib, sud qarorii chiqartirildi va MFY xodimlarining murojaati ijobiy echim topdi. 

Ma`lumot o`rnida: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko`ra, 2020 yil 1 iyuldan boshlab fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari xodimlarining lavozim maoshiga 30 foiz qo`shimcha maxsus ustama to`lashni joriy etish belgilangan edi (“Jamiyatda ijtimoiy-ma`naviy muhitni sog`lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo`llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoni 28 bandi eski tahririda mahalliy byudjetlarning qo`shimcha manbalari va Byudjet tashkilotlarining moddiy rag`batlantirish maxsus jamg`armasi hisobidan).  

Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlarini saqlash bilan bog`liq xarajatlari tegishli mahalliy byudjet mablag`lari hisobidan moliyalashtiriladi.

MFY xodimlarini rag`batlantirish, ularga buxgalteriya xizmatini ko`rsatish vazifasi tuman (shahar) hokimliklaridan — tuman (shahar) mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash bo`limlariga o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar