AsosiyJamiyat

Bahrom Haydarov hibsga olingan kunlari uning nomidan 26 ta qaror “E-qaror” platformasida imzolangan

'Bahrom Haydarov hibsga olingan kunlari uning nomidan 26 ta qaror “E-qaror” platformasida imzolangan'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda 6 iyun kuni qamoqqa olingan Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov 6 va 7 iyun kunlari “E-qaror” elektron platformasida uning imzosi orqali tasdiqlangan 24 ta hujjat joylanganligi yuzasidan xabarlar tarqaldi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati adliya boshqarmasi tomonidan 6 va 7 iyun kunlari qabul qilingan qaror va farmoyishlarning qonuniyligi joyiga chiqib o`rganilmoqda.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning 6 iyun kuni Andijon shahar hokimi B.Haydarov  jinoyat ishi yuzasidan ushlangan bo`lib, unga sud ajrimiga ko`ra qamoqda saqlash ehtiyot chorasini qo`llanilgan.

O`rganish davomida 2022 yil 6 iyun kuni soat 9:43 va 21:18 oralig`ida hamda 7 iyun kuni 18:10 va 21:07 oralig`ida hokimlik devonxonasi mudiri S.Qodirjonov tomonidan B.Haydarovga tegishli elektron raqamli imzodan foydalanilgan holda “E-qaror” platformasida 26 ta qaror va farmoyishlar imzolangan.

“UZINFOCOM” MChJ mutaxassislari tomonidan Andijon shahar hokimi B.Haydarovning “E-qaror” elektron tizimidagi shaxsiy kabineti Adliya vazirligining ko`rsatmasiga asosan bloklandi.

Ushbu jarayonda hujjatlarni soxtalashtirish ehtimoli borligini inobatga olib, tegishli materiallar prokuratura organlariga yuboriladi. Har bir qabul qilingan qarorning qonuniyligi o`rganib bo`lmaguncha, ularni ijroga qaratish maqsadga muvofiq emasligi yuzasidan tegishli ijrochi organlarga xabarlar berildi.

O`rganish yakunlari bo`yicha qo`shimcha ma`lumot taqdim etiladi, - deyilgan xabarda.

    Boshqa yangiliklar