AOKAda o`tkazilgan brifingda Xalq ta`limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova yoz mavsumida bolalar bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma`lumot berdi.
Bu yil yoz mavsumida 1 131 ta oromgoh (205 ta stasionar va 926 ta sog`lomlashtirish maydonchalari) faoliyat ko`rsatib, ularda 297 441 nafardan ziyod bolalar dam olishi rejalashtirilgan.
Ma`lum qilinishicha, 8 iyun holatiga ko`ra, 533 ta ta`lim muassasasida sog`lomlashtirish maydonchalari tashkil etilgan bo`lib, ularda 47 840 nafar bolalar dam olmoqda.






