Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi “Avtomobil transportida yo`lovchi tashish yo`nalishlari bo`yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida” 738-son qarori ijrosini ta`minlash maqsadida, Shaharlararo-viloyatlararo yo`nalishlar bo`yicha navbatdagi ochiq tender joriy yilning 12 iyul sanasida bo`lib o`tadi. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Shaharlararo-viloyatlararo yo`nalishlar tenderga qo`yilgan lotlar:
VSh-939-sonli “Toshkent – Urgut” ikki tomondan
VSh-1108-sonli “Toshkent – Boysun” ikki tomondan
VSh-1082-sonli “Toshkent – Jarqo`rg`on” ikki tomondan
VSh-841-sonli “Toshkent – Arnasoy” ikki tomondan
VSh-847-sonli “Nurota – Toshkent” ikki tomondan
VSh-851-sonli “Muzrobod – Dehqonobod” ikki tomondan
VSh-1099-sonli “Qarshi – Urgut” ikki tomondan
VSh-800-sonli “Angren – Samarqand” ikki tomondan
VSh-820-sonli “Olmaliq – Samarqand” ikki tomondan
VSh-709-sonli “Toshkent – Yangier” ikki tomondan
VSh-983-sonli “G`ijduvon – Zarafshon” ikki tomondan
VShYT-1132-sonli “Beruniy – Urganch” Beruniy tomondan
VShYT-1099-sonli “Urgut – Qarshi” ikki tomondan
VShYT-1103-sonli “Toz q. – Arnasoy” ikki tomondan
VShYT-810-sonli “Toshkent – Zarbdor” ikki tomondan
Tenderga joylashtirilgan yo`nalishlar haqida batafsil ma`lumotlarga ega bo`lish, tizimdan foydalanish bo`yicha qo`llanmalarni yuklab olish hamda tenderda qatnashish uchun takliflarni taqdim etish jarayonlari e-tender.uztrans.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.