AsosiyJamiyat

Samarqanddagi savdo do`konlarida yana yong`in chiqdi

'Samarqanddagi savdo do`konlarida yana yong`in chiqdi'ning rasmi

Bugun, 9 iyun kuni Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi savdo do`konoarida yong`in yuz berdi. Bu haqda FVV axborot xizmati ma`lum qildi. 
Qayd etilishicha, Oqdaryo tumani “Loyish” MFY A. Temur shohko`chasida joylashgan savdo do`konlarida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida soat 03:50 da tuman FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko`ra, 7 ta yong`in-qutqaruv guruhi va bitta yordamchi avtomashina (kamaz) soat 03:56 da voqea joyiga etib borib, soat 04:45 da bino qurshab olingan va soat 05:37 da yong`in bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yong`in natijasida mebel, xo`jalik mollari va oziq-ovqat do`konlarining taxminan 200 kvadrat metr maydonida shift, tom va jihozlar yonib zararlangan.
“Hozirda yong`inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, joriy haftada Samarqand viloyatida yong`in bilan bog`liq ketma-ket 3 ta holat qayd etildi. Xususan, 7 iyun kuni Samarqand shahridagi 2 ta MChJ binosida, 8 iyun kuni Oqdaryo tumanidagi “Qang`li” qabristonida yong`in chiqqandi. Bundan tashqari, 5 iyun kuni Narpay tumanidagi dehqon bozorida ham yirik yong`in sodir bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar