Qarorga ko`ra, “drift” va “drag-reysing” (burilish texnikasi va avtosport turi, yo`lda tezlik va burchakni maksimal darajada ushlab turish uchun boshqariladigan usullardan foydalanish bilan bog`liq harakatlar) uyushtirish uchun Bektemir tumani “Shonazar” MFYdan er uchastkasi ajratiladi.
Qayd etilishicha, ajratiladigan er uchastkasi aholi yashash joyidan tashqarida joylashib, tomoshabin sifatida kelgan shaxslarga qulay shart-sharoit yaratilib, xavfsizlik choralari ko`riladi.
Shuningdek, yoshlarga “drift” va “drag-reysing” uchun ajratiladigan er uchastkasi davlat va xususiy sherikchilik asosida xorijiy investorlarni jalb qilgan holda, ularga tender asosida berish va hududni zamonaviy jahon standartlariga mos ravishda bo`lishi ta`minlanadi.






