Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda viloyat ko`p tarmoqli shifoxonasi kichik tibbiy hamshirasi 1981 yilda tug`ilgan G.J. fuqaro G.A.ni aldab, Buxoro shahar tez tibbiy yordam bo`limiga ishga joylashtirish evaziga 1700 AQSh dollari miqdoridagi pullarni berishga dalolat qilib, viloyat ko`p tarmoqli markaziy shifoxonasi binosining qarama-qarshi tomonida joylashgan avtobekat oldida kimyoviy ishlov berilgan 1700 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalil bilan qo`lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan G.J. ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






