AsosiyJamiyat

Konstitusiyaning jami 24 ta moddasi bilan bog`liq normalar shakllantirildi

'Konstitusiyaning jami 24 ta moddasi bilan bog`liq normalar shakllantirildi'ning rasmi

Ayni damda Konstitusiyaga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish bo`yicha takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitusiyaviy komissiyaning navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.  Bu haqda Konstitusiyaviy komissiya Matbuot xizmati xabar qildi.

Unda O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish bo`yicha takliflarni olish, ularni ko`rib chiqish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to`g`risida axborot eshitilmoqda.  

Yig`ilishda so`z olgan Konstitusiyaviy komissiya a`zosi, Yig`ma axborot-tahlil guruhi rahbari Mirafzal Mirakulov kelib tushgan takliflar yuzasidan ma`lumot berdi.  

“Kelib tushgan takliflar tahlil etilib, dunyo konstitusiyalari o`rganilganidan so`ng, biz umumiy kelishuvga erishdik va 41 ta g`oya yuridik jihatdan rasmiylashtirilib, norma holatiga keltirildi. Natijada Konstitusiyamizning jami 24 ta moddasi bilan bog`liq normalar shakllantirildi”, - dedi M.Mirakulov.

 

 

    Boshqa yangiliklar