1

Alisher Uzoqov va Munisa Rizaeva nima uchun talashdi? Yoxud “Kim ekan?” shousi endi efirga uzatilmaydimi?

Madaniyat 10.06.2022, 13:59
Alisher Uzoqov va Munisa Rizaeva nima uchun talashdi? Yoxud “Kim ekan?” shousi endi efirga uzatilmaydimi?

“Sevimli” telekanalida efirga uzatilgan “Kim ekan?” shousi tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. Rejissyor va prodyuser Baxtiyor Safarovning navbatdagi loyihasi yana bir bor yuqori reytinglarni zabt etdi. Katta qiziqish bilan tomosha qilinayotgan “Kim ekan?” shousining 12 iyun kuni final soni e`tiboringizga havola etiladi. Aynan ko`rsatuvga oid turli gap-so`zlarga oydinlik kiritish uchun Baxtiyor Safarovga yuzlandik.

—Biror loyihani boshlayotganda o`ylagan rejalaringiz puchga chiqqan vaqtlari ham bo`lganmi? 

—  Qandaydir loyiha haqida o`ylasak, bir-ikki hafta o`tgach, o`zimizga o`sha narsa yoqmay qolgan vaqtlari ham kuzatilgan. Ammo noodatiy, yaxshi loyihalardoimo “shuni qilish kerak” degan yashil chiroqday xayolimizda yonib turadi. 

— Ijtimoiy tarmoqlarda “Kim ekan?” shousi nega tugayapti”, “Yana efirga qaytadimi?” degan savollar ko`p…

— Yoz televidenie uchun mavsum hisoblanmagani sababli ko`p ko`rsatuvlar tanaffus e`lon qilishadi. Ikkinchi mavsumni yanada kattaroq tayyorgarliklar bilan, dekorasiyalarni o`zgartirib, yangi kostyumlar tiktirib, qaysidir ma`noda “yorib” chiqish uchun ham biroz tin olish kerak. O`zgacha shijoat bilan kuz faslida ko`rsatuvni efirga qaytarishni reja qilyapmiz. 

—Suratga olish jarayonlarida nimadandir  ko`nglingiz to`lmagan vaqtlari bo`ldimi? 

— Ha, ba`zi qiziquvchan tomoshabinlar hakamlarga ishtirokchi kim ekanini aytib qo`ygan vaqtlari ham bo`lgan. Bundan tashqari Shahzoda Muhammedova kerak bo`lmagan vaqtlarda hay`at a`zolariga ortiqcha yordam berib ham yuborgan. Hatto buning uchun biz Shahzoda bilan jiddiy gaplashib ham olganmiz.

            — Ko`rsatuvning final soni nimasi bilan farq qiladi?

— Mavsumning oxirgi ko`rsatuvidaetti nafar ishtirokchi qatnashadi. Hay`at a`zolari orasida Munisa Rizaeva ham bor. Munisa Rizaeva hamda Alisher Uzoqov ko`rsatuvning yanada qiziq chiqishiga katta hissa qo`shishdi, deb aytish mumkin. Ular o`n ming dollarga garov bog`lab, sahnadagi san`atkor kim ekani borasida tortishishgan. 

— Mavsumning yakunlanishi Alisher Uzoqovning safarga ketishi bilan bog`liqmi? Uzoqovdan boshqa iqtidorli va tomoshabin sog`ingan chehralar ham ko`p-ku…

— Birinchi mavsum yakunini Alisher Uzoqovning ketishidan avval rejalashtirilgan edi. Va oradan ko`p vaqt o`tmasdan Alisher Uzoqov bizga ketishi mumkinligi haqida aytgan. Lekin biz mart, aprel oylaridayoq “Kim ekan?” shousining birinchi mavsumini yozning boshida tugatishni mo`ljallagandik. Yana shuni ham aytib o`tishim kerakki, Alisher Uzoqov hamda Shahzoda Muhammedovalar ko`rsatuvning yuzi sifatida o`zining ta`mal toshini qo`ygan. Agar biz hozir boshqa san`atkorlarni boshlovchi sifatida chiqarsak, ko`rsatuv hozir qarshi olinayotganday sevimli bo`lmasligi mumkin. Menimcha, “Kim ekan?” loyihasining tomoshabinlarning e`tiboriga sazovar bo`lishida shu ikki ijodkorning hissasi katta!

Mohigul DIYoRXO`JAEVA suhbatlashdi.
"Darakchi" gazetasi, 2022 yil 9 iyun, 23-son

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1