“Bavariya” jamoasi “Real” sobiq ustozi Karlo Anchelotti bilan qishda kelishuv tuzgan edi. Myunxenliklar italiyalik mutaxassisni jamoa bosh murabbiyi sifatida tanishtirdi.
Karlo Anchelotti “Bavariya” qarorgohida matbuot anjumanida ishtirok etiganidan so`ng, klubning mashg`ulotlar majmuasi ko`zdan kechirdi. Shundan so`ng yangi bosh murabbiy futbolchilar bilan yaqindan tanishib, ular bilan ilk mashg`ulot o`tkazdi.


Eslatib o`tamiz, “Bavariya”ni 3 yil davomida boshqargan Pep Gvardiola “Manchester Siti” klubiga o`tib ketdi.





