AsosiyJamiyat

Konstitusiyaga o`zgartirish kiritishga ehtiyoj bormi?

'Konstitusiyaga o`zgartirish kiritishga ehtiyoj bormi?'ning rasmi

Bu haqda yuridik fanlari doktori, TDYuU professori Ixtiyor Bekov fikrlarini bildirdi.

Bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan va hozirda ijrosi jadallik bilan ta`minlanayotgan masalalardan biri bu Konstitusiyamizga o`zgartirish kiritish bo`yicha jamoatchilikning hamda maxsus ishchi guruhning taklif va tavsiyalarini o`rganib chiqish hamda joiz ko`rilgan takliflar ustida ishlash bo`lib  turibdi. Shu o`rinda jamoatchilikni qiziqtirayotgan "Konstitusiyaga o`zgartirish kiritishga ehtiyoj bormi?" degan savol bilan yuridik fanlari doktori, TDYuU professori Ixtiyor Bekovga yuzlandik va quyidagicha javob oldik:

— Konstitusiyamizning shu paytgacha bo`lgan rivojlanish davriga e`tibor beradigan bo`lsak, bundan oldin ham bir necha marotaba o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilgan. Ularni tahlil qilsak, asosan, davlat hokimiyatini tashkil etish bilan bog`liq masalada islohotlar amalga oshirilgan. Inson huquqlari  bilan bog`liq bo`lgan normalarni, qo`shimchalarni ko`radigan bo`lsak, bor-yo`g`i bir marotaba, ya`ni 32-moddada jamoatchilik nazorati bilan bog`liq bo`lgan joyga o`zgartirish kiritilgan. Demak, shuning o`zi ham ko`rsatib turibdiki, bugungi kunda bizda asosiy masala koinson va uning qadri bo`lar ekan, biz buni konstitusiyaviy jihatdan ham mustahkamlashimiz, ham kafolatlashimiz kerak!

    Boshqa yangiliklar