AsosiyJamiyat

Hozir 2-3 milliard kilovatt soat elektr energiyasiga talab bor, kelgusi besh yilda ehtiyoj yana 10 milliard kilovatt soatga oshadi

'Hozir 2-3 milliard kilovatt soat elektr energiyasiga talab bor, kelgusi besh yilda ehtiyoj yana 10 milliard kilovatt soatga oshadi'ning rasmi

Hozirda aholining kamida 2-3 milliard kilovatt soat elektr energiyasiga qo`shimcha talabi mavjud. Bu haqda Prezident raisligida qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish bo`yicha ustuvor vazifalarga bag`ishlangan yig`ilishda ma`lum qilindi

Ma`lum qilinishicha, kelgusi besh yilda esa bu ehtiyoj yana 10 milliard kilovatt soatga oshadi. Bunday vaziyatda eng samarali yo`l — muqobil energiyadan foydalanishni ko`paytirish. Bu borada 2019 yilda alohida jamg`arma tashkil qilinib, aholiga byudjetdan subsidiya berish tizimi joriy etildi.

Lekin birorta viloyat, tuman va shahar hokimida yoki vazirda o`z tizimidagi tashkilotlarda energiya iste`moli, uni tejash, muqobil energiya uskunalarini o`rnatish bo`yicha hisob-kitob yo`qligi, ular joriy qilingan subsidiya va kompensasiyadan o`z tarmog`i yoki hududida foydalanish bo`yicha jon kuydirmagani tanqid qilindi.

Muqobil energiya uskunasini o`rnatgan aholi va tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash bo`yicha mutlaqo yangi tizim joriy etiladi

Bunda, aholi va tadbirkorlarga:

- o`rnatilgan quyosh va shamol elektr uskunalari uchun quvvatiga qarab 15 million so`mgacha, suv isitish qurilmasi uchun esa 2 million so`mgacha kompensasiya to`lanadi;

- yoki uskuna qiymatini 3 yil ichida foizsiz bo`lib-bo`lib to`lash imkoniyati yaratiladi.

Ushbu tizim Energetika vazirligining maxsus jamg`armasi orqali joriy etilishi belgilandi.

    Boshqa yangiliklar