Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko`ra,
● «yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlar bilan ishlash, jumladan, yoshlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko`maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
● «yoshlarning bo`sh vaqti — etakchining ish vaqti» tamoyili asosida tashabbus olimpiadasi tashkil etish, yoshlar bilan «mahallabay» ishlash tizimini joriy etish;
● ko`chama-ko`cha tadbir va loyihalar, tanlovlar, musobaqalar hamda to`garaklarni tizimli ravishda tashkil etish;
● yoshlar o`rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, joylarda ijtimoiy-ma`naviy muhit barqarorligi va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish;
● yoshlar infratuzilmalarini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash, yoshlar siyosatini amalga oshirishda OAVning rolini kuchaytirish chora-tadbirlarini belgilash.
Hujjat qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasida e`lon qilingan va 8 iyundan kuchga kirgan.