Farg`ona shahrida 10 iyun kuni kuchli shamol kuzatilib, ko`p qavatli uyning tom qoplamasini uchirib yubordi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, soat 16:25 da Farg`ona shahrida qisqa muddatli kuchli shamol kuzatilib, oqibatda Al-Farg`oniy ko`chasida joylashgan ko`p qavatli uyning tom qoplamasi erga uchib tushgan.
Voqea joyiga zudlik bilan shahar favqulodda vaziyatlar bo`limi xodimlari etib borgan. Hozirda tegishli xizmatlarning kuch-vositalari jalb etilgan xolda vaziyat oqibatlarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
"Hodisa sabab tan jarohati olganlar va halok bo`lganlar yo`q" deyiladi xabarda.