Farg`ona viloyati IIB JQB hamda Yozyovon tumani IIB hodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB darakchi.uz'ga xabar bermoqda.
Tadbir davomida Yozyovon tumanida yashovchi M.A ismli ayol yashash xonadonida g`arazli va past niyatlarda erkak va M.X ismli ayolning jinsiy ehtiyojlarini qondirishi uchun 150.000 so`m pul evaziga sharoit yaratib berganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan IIB xodimlari tomonidan o`rganish olib borilganida M.X ismli ayol 2016 yildan buyon OITSga qarshi kurashish markazida “D” nazoratda bo`lib, OIV infeksiyasiga chalinganligini bilib turib, betartib jinsiy hayot kechirib yurganligi ma`lum bo`ldi.
Hozirda hazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan fuqaro M.A ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismi bilan, M.Xga nisbatan esa 113-moddaning 4-qismi bilan ayb e`lon qilinib, M.X prosessual tartibda ushlangan.