AsosiyJamiyat

Rossiya va O`zbekiston o`rtasida poezd qatnovlari tiklanadimi? "O`zbekiston temir yo`llari" aniqlik kiritdi

'Rossiya va O`zbekiston o`rtasida poezd qatnovlari tiklanadimi? "O`zbekiston temir yo`llari" aniqlik kiritdi'ning rasmi

Ayni kunlarda O`zbekistondan Rossiyaga yo`lovchi poezdlar qatnovi tiklanishi haqida ma`lumotlar tarqalmoqda.

"O`zbekiston temir yo`llari" axborot-tahliliy media markazi xabariga ko`ra, xalqaro yo`lovchi poezdlar yo`nalishlari, chiptalar savdosi hozircha amalga oshirilayotgani yo`q.

Ta`kidlanishicha, ayni vaqtda Rossiya Federasiyasi temir yo`l ma`muriyatlari bilan birgalikda poezdlar harakat jadvalini tashkil etish va harakat tarkiblarni shakllantirish bilan bog`liq masalalar muhokama qilinmoqda. 

"Hozirda, 06.10.2022 y. holatiga, ushbu masalaning muhokamalari yakuniy bosqichida. Shu sababli, yuqorida qayd etilganlar asosida, O`zbekiston va Rossiya o`rtasidagi xalqaro yo`lovchi poezdlar yo`nalishlari, chiptalar savdosi  hozircha amalga oshirilmayotganini ma`lum qilamiz",-deyiladi xabarda.

Shuningdek, Rossiya Federasiyasiga temir yo`l transporti harakatini tayinlash to`g`risidagi xabar va barcha masalalar ishlab chiqilgandan so`ng darhol xabar berilishi aytiladi.

    Boshqa yangiliklar