AsosiyJamiyat

Toshkentda valyutafurush qariyb 50 million so`mni dollarga almashayotganida qo`lga olindi

'Toshkentda valyutafurush qariyb 50 million so`mni dollarga almashayotganida qo`lga olindi'ning rasmi

Toshkentning Zangiota tumanida valyuta ayirboshlash faoliyati bilan shug`ullanib kelgan fuqaro qo`lga olindi. U bu vaqt davomida 50 million so`mni dollarga almashayotgan bo`lgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda. 

Ma`lumot berilishicha, Departament hamda IIBning Zangiota tumani bo`limlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazilgan. Unda Chilonzor tumani “Bekto`pi” bozor hududida muntazam valyuta ayirboshlash faoliyati bilan shug`ullanib kelgan A. T. fuqaro U. ga 4300 AQSh dollarini 47,4 mln so`mga sotgan vaqtida dalillar bilan ushlangan.

"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda",-deya ma`lum qilinadi Departament xabarida.

    Boshqa yangiliklar