Bugun, 11 iyun kuni soat taxminan 04:10 da Buxoro viloyati Kogon shaxar gazchilar qo`rg`onida joylashgan “Kogon magistral gaz quvurlari” boshqarmasida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, 8 ta yong`in-qutqaruv ekipaji va 2 ta maxsus texnika voqea joyiga soat 04:13 da etib borgan va yong`in soat 05:50 da o`chirilgan.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra yong`in natijasida 1-sonli gaz haydash uskunasi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.
Hozirda yog`inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.