Uzbekistan Airways Express Toshkentdan Krasnoyarskka parvozlarni yo`lga qo`ymoqda. Bu haqda aviakompaniya axborot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, 25 iyundan Toshkent—Krasnoyarsk—Toshkent xalqaro yo`nalishi bo`yicha ilk qatnov amalga oshiriladi. Muntazam parvozlar haftada bir marta — shanba kunlari bo`lib o`tadi.
- Toshkentdan uchish: 17:30 (Toshkent vaqti bilan)
- Krasnoyarskka etib borish: 23:00 (Krasnoyarsk vaqti bilan)
- Krasnoyarskdan uchish: yakshanba kuni 00:30 (Krasnoyarsk vaqti bilan)
- Toshkentga etib borish: yakshanba kuni 02:15 (Toshkent vaqti bilan)
Toshkent—Krasnoyarsk yo`nalishi bo`yicha aviachipta narxi 1 996 039 so`mdan (bagajsiz) va 2 232 382 so`mdan (bagaj bilan), Toshkent—Krasnoyarsk—Toshkent yo`nalishi bo`yicha esa 3 695 230 so`mdan (bagajsiz) va 4 144 282 so`mdan (bagaj bilan) boshlanadi.