AsosiyJamiyat

Itlarga mushukni g`ajib tashlaganini videoga olib, internetga tarqatgan 27 yoshli fuqaroga ikkita modda bo`yicha ish qo`zg`atildi

'Itlarga mushukni g`ajib tashlaganini videoga olib, internetga tarqatgan 27 yoshli fuqaroga ikkita modda bo`yicha ish qo`zg`atildi'ning rasmi

1995 yilda Xatirchi tumanida tug`ilgan fuqaro M.N o`zining Navoiy shahridagi “Hosil bo`sh” dala hovlilaridagi xonadonida joriy yilning 1 iyun kuni  daydi mushuklarni ushlab kelib, o`zining zotdor itlariga qastdan talatib, uni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan. Bu haqda Navoiy viloyati IIB xabar bermoqda.

Ushbu harakatalari orqali fuqaro M.N O`zbekiston Respublikasi MJTK ning 111- moddasida (Hayvonlarga nisbatan shavqatsiz munosabatda bo`lish), va 189 1 moddasida  (Zo`ravonlikni yoki shavqatsizlikni targ`ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash va tarqatish) ko`rsatib o`tilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan. Fuqaro M.N.ning harakatlariga huquqiy baho berilib, tegishli chora ko`rilishi ta`minlanadi.

    Boshqa yangiliklar