Oliy Majlis Senatining yigirma ettinchi yalpi majlisi joriy yilning 13 iyun kuni soat 11-00 da o`tkaziladi.
Unda bir qator masalalar ko`rib chiqilishi nazarda tutilgan:
- “Davlat mulkini boshqarish to`g`risida”gi, “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste`mol qilinishini cheklash to`g`risida”gi, “Inson a`zolari va to`qimalarining transplantasiyasi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi hamda “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish,
- ayrim qonun hujjatlarini o`z kuchini yo`qotgan deb topish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunlari ko`rib chiqiladi.
Xususan, senatorlar tomonidan O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisini saylash to`g`risidagi masala kun tartibida bo`ladi.
Yalpi majlis videokonferensaloqa shaklida o`tkaziladi.