Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz shahar bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektining huquqlarini himoya qilish yuzasidan “AUTO-C” MChJ Surxondaryo viloyati filialining murojaatiga asosan tergovga qadar teeshiruv o`tkazildi.
Unda, fuqaro Sh.D. ushbu MChJda koll-sentr operatori vazifasida ishlagan davrida, MChJ muhriga egalik qilib, tadbirkorlar M.A. va E.P.ga “Damas” va “Cobalt” rusumli avtotransport vositalarini xarid qilish uchun qalbaki shartnomalar rasmiylashtirib berib, ularning jami 226,6 mln so`mini qo`lga kiritib, o`zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlanib, tekshiruv davomida etkazilgan zararning 5 mln so`mi qoplanishi ta`minlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.