AsosiyJamiyat

Qozog`istondagi qurilishda yuqori qavatdan tushib ketgan o`zbekistonlik vatanga qaytarildi

'Qozog`istondagi qurilishda yuqori qavatdan tushib ketgan o`zbekistonlik vatanga qaytarildi'ning rasmi

Olma-otada og`ir tan jarohati olgan yurtdoshimiz Vatanga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Axborot xizmati xabar qilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Qozog`istonning Olma-ota shahrida qurilish ishlarida mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida yuqoridan tushib ketish oqibatida og`ir tan jarohati olib, shifoxonada yotgan yurtdoshimizning qarindoshi mamlakatimizning Olma-otadagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilib, uni O`zbekistonga qaytarishni so`ragan.

Ushbu murojaat tezkorlik bilan o`rganilib, mas`ul tashkilot vakillari bilan hamkorlikda zarur hujjatlar rasmiylashtirilgach, maxsus avtomobilda shifokor hamrohligida Vatanga qaytarildi.

 

    Boshqa yangiliklar