AsosiyJamiyat

Zоminda sel keldi

'Zоminda sel keldi'ning rasmi

Bugun, 11 iyun kuni Jizzax viloyati Zomin tumanining "Duoba" QFYda qisqa muddatli kuchli yog`ingarchilik oqibatida sel oqimlari kuzatildi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Natijada, Usmonlisoy, Suvlisoy va Sarkamar qishloqlaridan o`tgan ariq suvlari toshib, yondosh hududda joylashgan ayrim aholi yashash uylarining hovlisiga, ekin maydonlariga suv kirgan.

Mazkur vaziyat bo`yicha zudlik bilan Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati va qutqaruv bo`linmalari hodisa joyiga etib borishdi. Hozirda qutqaruvchilar tomonidan suv oqimlarini xavfsiz o`tkazib yuborilishini ta`minlash bo`yicha barcha zarur chora-tadbirlar koltrilmoqda.

Vaziyat to`liq nazorat ostiga olingan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo`q, deyiladi xabarda.

 

 

    Boshqa yangiliklar