AsosiyJamiyat

XTV o`qituvchilarni soxta sertifikat tarqatayotganlardan ogohlantirdi

'XTV o`qituvchilarni soxta sertifikat tarqatayotganlardan ogohlantirdi'ning rasmi

Xalq ta`limi vazirligining ma`lum qilishicha, so`nggi kunlarda ayrim telegram kanallar, jumladan, "Mahoratli pedagog" kanali va jurnali Xalq ta`limi vazirligi bilan hamkorlikda faoliyat yuritishi borasida haqiqatga zid bo`lgan ma`lumotlarni bergan holda, o`z jurnalida pullik asosda maqolalar chiqarish hamda pullik seminarlarga qatnashish xizmatlarini targ`ib qilmoqda.

Buning evaziga esa sertifikat egalariga navbatdagi attestasiyadan o`tish, toifa va ustama olishda yordam bo`lishi iddao qilinmoqda.

Bunga ko`ra, Xalq ta`limi vazirligi "Mahoratli pedagog" telegram kanali va jurnali bilan hech qanday aloqasi yo`q ekanligini, ushbu kanal orqali beriladigan sertifikat esa hech qanday imtiyozlarga ega emasligini va Xalq ta`limi vazirligi pedagoglarga bu kabi pullik xizmatlar ko`rsatmasligini ma`lum qilgan.

Vazirlik faoliyatiga doir barcha rasmiy ma`lumotlar faqat vazirlikning rasmiy kanallari orqali berib boriladi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar