AsosiyJamiyat

Aliment to`lamasdan qochib yurgan xorazmlik shaxs Toshkentda qo`lga olindi

'Aliment to`lamasdan qochib yurgan xorazmlik shaxs Toshkentda qo`lga olindi'ning rasmi

Bu haqda IIV Axborot xizmati ma`lum qildi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 7 iyun kuni Yuqorichirchiq tumani hududida xizmat olib borayotgan YPX inspektori S.Abdumalikov yo`lni belgilanmagan qismidan kesib o`tayotgan piyodani to`xtatadi. Hamda unga chora ko`rish maqsadida planshetga qoidabuzar piyoda to`g`risida ma`lumotlarni kirgizadi.

Ma`lumotlar elektron bazaga kiritilganda ushbu fuqaro 1975 yilda tug`ilgan Xorazm viloyati Yangiariq tumanida yashagan J.R. ekanligi va O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi (Moddiy yordamga muhtoj bo`lgan voyaga etmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta`minlashdan bo`yin tovlash jinoyati sodir etilishi) bilan ayblanib, Xorazm viloyati IIB tomonidan qidiruv e`lon qilinganligi aniqlanadi.

Hozirda ushbu qidiruvdagi shaxs Yuqorichirchiq tumani IIBga topshirilgan.

    Boshqa yangiliklar