AsosiyJamiyat

Surxondaryoda fuqarolar MIB xodimlarini toshbo`ron qildi

'Surxondaryoda fuqarolar MIB xodimlarini toshbo`ron qildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha fuqarolar IIB tomonidan olib ketilayotgani aks etgan video tarqaldi. Unda voqea Surxondaryo viloyati Sho`rchi tumanida sodir bo`lgani, janjal fuqaroning uyi va g`ishtxonasi MIB tomonidan buzib tashlangani oqibatida kelib chiqqani izoh sifatida aytiladi.

 Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, fuqarolik ishlari bo`yicha Denov tumanlararo sudining 2022 yil 2 fevral kungi “Noqonuniy qurilishlarni majburiy tartibda buzdirish” hamda “Noturar er maydonidan chiqarish haqida”gi sud qarori hamda MIB Oltinsoy tumani bo`limining ijro hujjatiga asosan, joriy yilning 8 iyun kuni soat 10:00 ga majburiy ijro harakatlari tayinlangan. Tegishli tashkilot xodimlari belgilangan joyga borishganida javobgarlar ularga to`sqinlik qilib, ijro harakatlariga qarshilik ko`rsatgan va ma`sullarga tosh va g`isht bo`laklarini otishgan.

Jamoat tartibini buzib, davlat organlari xodimlariga tan jarohati etkazgan to`rt nafar fuqaro majburiy tarzda tuman IIBga olib borilib, ularga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

"Holat yuzasidan o`rnatilgan tartibda tekshiruv ishlari o`tkazilmoqda",-deyiladi xabarda

    Boshqa yangiliklar