Sal avval oshkent viloyati Bo`stonliq tumani Amirsoy oromgohi yo`lida "Captiva" yonib ketgani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 12 iyun kuni soat 09:56da Farg`ona viloyatining Yozyovon tumani ham avtomashina yonib ketdi.
Holat yuzasidan viloyat FVB ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, mashina tumanning “Yangibo`ston” MFY xududida xarakatlanib ketayotgan bo`lgan. 2014 yilda ishlab chiqarilgan kul rang “ORLANDO” da texnik nosozligi natijasida yong`in kelib chiqqan.
"Yong`inning tahminiy sababi elektr simlarini qisqa tutashuvi natijasida sodir bo`lgan. Yong`in natijasida fuqarolarning tan jaroxati va jabirlanish xolatlari yo`q",-deyiladi xabarda.
Shu o`rinda yuqoridagi ko`ngilsiz xolatlar sodir bo`lmasligi uchun xaydovchilardan belgilangan tezlikdan ortiq xarakatlanmasdan, shaxsiy avtomobillarini o`z vaqtida texnik ko`rikdan o`tkazish so`ralmoqda.






