Uch oylik tanaffusdan so`ng McDonald’s restoranlari Rossiyada yana ishlay boshladi.
Manbalarga tayanib Zamon.uz' nashrining xabar berishicha, mamlakatda 13 iyun kuni yana 50 ta filial ochiladi, oy oxiriga kelib 200 ga yaqin, keyingi haftasiga 50 dan 100 tagacha restoran ochiladi.
Tarmoq bosh direktori Oleg Paroev "Pushkinskaya" maydonidagi restoranning ochilish marosimida yaqin 5-6 yil ichida bunday maskanlar tarmog`i 850 tadan 1000 tagacha kengayishi mumkinligini ta`kidlagan.
Eslatib o`tamiz, Rossiyaning Ukrainaga qarshi "maxsus harbiy operasiya"si boshlaganidan so`ng McDonald’s ham boshqa ko`plab xorijiy korporasiyalar singari mamlakat bozorida faoliyatini to`xtatishga qaror qilgandi. Biroq kompaniya xodimlarini qo`llab-quvvatlashda, ularga maosh to`lashda davom etdi.






