Kecha, 12 iyun kuni soat 14:01 larda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani “Langar” MFY, “Langar” qishlog`ida yashovchi furaro viloyat FVBning qisqa “1050” raqamiga murojat qilib, shu kuni taxminan soat 13:30 larda o`zlariga tegishli bo`lgan dala maydonida qazilgan, 200 diametrli suvsiz artezian quduqqa 6 yoshli o`g`li tushib ketganligi, uni olib chiqishda amaliy yordam so`rab tashvishli murojaat qilgan.
Voqea joyiga viloyat FVB qutqaruvchilari va tegishli xizmatlar kuch-vositalari etib borgan. Qutqarish ishlariga FVBning maxsus texnikalari, ekskavator, greyder va boshqa texnikalar jalb etilgan.
Olib borilgan maxsus qutqarish operasiyasi natijasida bola bugun soat 10:25 da qutqarib olingan. Ayni vaqtda bolaning ahvoli yaxshi. Malakali tibbiy xizmat ko`rsatish uchun tez tibbiy yordan xodimlariga topshirilgan, deya xabar bermoqda FVV Matbuot xizmati.






