Londonning “Vest Xem” jamoasi prezidenti Devid Gold fransiyalik yarim himoyachi Dimitri Payet 50 mln evrodan arzonga sotilmasligini ma`lum qildi.
“Championat.com” nashrining ma`lum qilishicha, “bolg`achilar” 29 yoshli fransiyalik futbolchi uchun keladigan takliflar 50 mln evrodan kam bo`lsa, uni ko`rib ham chiqmaydi. Shuningdek, Gold imkon qadar futbolchilarni sotmaslikka harakat qilishini aytdi.
Evro–2016 turniridan so`ng Payetga “Chelsi”, “Real”, “Manchester Siti” va PSJ klublari qiziqish bildirdi.





