Internet ijtimoiy tarmoqlarida Quva tumanida YPX inspektorining pora olgan vaqtda qo`lga tushgani va qochib ketgani aks etgan video tarqaldi.
Holat Farg`ona viloyati IIB tomonidan o`rganib chiqildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha joriy yilning 11 iyun kuni Quva tuman IIBga YPX inspektori I.K ning xatti-harakatlari yuzasidan fuqarolar S.Z va M.H lar tomonidan ariza kelib tushgan. Mazkur murojaatda keltirilgan holatlarni o`rganish jarayonida YPX inspektori I.K o`zini nosamimiy tutib ketib yuborgan.
Holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib prokuratura organlariga taqdim qilingan.
Hozirda tegovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






