1

Shusha Ozarbayjonning madaniy poytaxti deb atalishi tasodifiy emas

Dunyo 13.06.2022, 15:28
Shusha Ozarbayjonning madaniy poytaxti deb atalishi tasodifiy emas

Ozarbayjon erlari ishg`oldan ozod etilgach, Qorabog` viloyatida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunda dunyoga taniqli bo`lgan Shusha shahrida jiddiy qurilish ishlari olib borilayotganligi bilan bir qatorda,Shusha allaqachon xalqaro tadbirlarlarga ham mezbonlik qilmoqda.

Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliev 2022 yilni Shusha yili deb e`lon qildi.

Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 25 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan" Shusha yili munosabati bilan bog`liq chora-tadbirlar rejasi " tayyorlandi. Ishg`oldan ozod qilingan hududlarimiz xalqaro hamjamiyatning diqqat markazida bo`lib, ushbu hududlarga tashrif buyurishni istaganlar juda ko`p. Bugungi kunda Shusha dunyoga mashhur shaharga aylandi.

Shusha Ozarbayjonning madaniy poytaxti deb atalishi tasodifiy emas. Chunki Shusha jahon madaniyatining bir qismi bo`lgan Ozarbayjon madaniyatiga atoqli shaxslarni bergan. Bunga  Mir Mahsun Navvob, Najaf bey Vazirov, Ahmad bey Og`oo`g`li, Abdurrahim bey Haqverdiev, Hamida xonim Javonshir, Uzeyir Hojibaev, Bulbul, Xon Shushinskiy, Niyosiy kabi etuk san`at namoyandalari misol bo`la oladi.

Shusha 1992 yilda Armaniston tomonidan ishg`ol qilingan va ko`p yillar davomida ishg`ol ostida bo`lgan. Bosqinchilik davrida Ozarbayjonning tarixiy obidalari vayron qilingan.

Shusha 2020 yil 8 noyabrda ishg`oldan ozod qilindi va shu bilan bosqinchilarning qarshiligi to`htatildi va ular taslim bo`lishdi. 2020 yil 8 noyabrda Prezident Ilhom Aliev Shushani ozod qilinishi munosabati bilan xalqqa qilgan murojaatida Qorabog`ning toji bo`lgan bu shahar yaqinda qayta tiklanib, avvalgi shon-shuhratini tiklashini aytgan.

Shunday qilib, 30 yil davomida ishg`ol ostida bo`lgan Qorabog`ozodlik,adolat, tinchlik va osoyishtalik ramzidir.Shuningdek,Shusha madaniyat beshigi hamdir.

Shu nuqtai nazardan, Prezident Ilhom Alievning 2022 yilni Shusha yili deb e`lon qilishi alohida ma`noga  ega.Eslatib o`tamiz, Shusha  ishg`oldan ozod etilgach, u erda ko`plab xalqaro tadbirlar o`tkazildi. Shusha shahri milliy madaniy va xalqaro tadbirlar o`tkaziladigan joyga aylandi.

“Xaribulbul” musiqa festivalining Shushada o`tkazilishi tarixiy ahamiyatga ega. Shu bilan birga, "Shusha yili" doirasida ko`plab tadbirlarni o`tkazish doimiy ravishda davom etadi.                 

Shushada Ozarbayjon-BMT hamkorligining 30 yilligiga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazilishi esa xalqaro hamjamiyat tomonidan mojarodan keyingi davr voqeligini qabul qilganini tasdiqlaydi.

Bundan tashqari, Global Boku forumi doirasida ADA Universiteti tomonidan tashkil etilgan "Madaniy meros" xalqaro konferensiyasi, "Janubiy Kavkazga yangi qarashlar: mojarodan keyingi rivojlanish va hamkorlik" xalqaro konferensiyasi, shuningdek turli madaniy va ilmiy tadbirlar o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Bugun Shusha o`z egalariga qaytdi. Shusha rivojlanmoqda va dunyodagi eng go`zal sayyohlik markazlaridan biriga aylanadi. Ko`plab xorijiy siyosatchilar, olimlar, ekspertlar va jurnalistlar Ozarbayjonning qadimiy shahri bo`lgan Shusha shahriga tashrif buyurishdi. Chet ellik hamkasblarimizni Shushaga taklif etib, bu muhtasham madaniy poytaxtni ko`rishlariga tilakdoshmiz...

 

Ali Zulfuqoro`g`li jurnalist, Ozarbayjon
Elnur Elturk, Diasporaeksperti, Ozarbayjon

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1