TXAY (Toshkent Xalqa Avtomobil Yo`li)da joylashgan “Kompas” savdo majmuasi va “Qo`yliq” dehqon bozori oralig`idagi erosti o`tish yo`li vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bunga yo`l-qurilish ishlari olib borilayotganligi sabab bo`lmoqda.
Ma`lum qilinishicha, bu vaqt davomida piyodalardan TXAYdagi 9 qavatli uy va “Qo`yliq” kiyim bozori oralig`ida joylashgan erosti yo`lidan foydalanish so`raladi.
“Noqulayliklar uchun uzr so`raymiz”, — deyiladi hokimlik xabarida.






