Bugun Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 204-sonli davlat maktabgacha ta`lim tashkiloti foydalanishga topshirildi, deya xabar bermoqda vazirlik Axborot xizmati.
Ushbu maktabgacha ta`lim tashkiloti “Bekto`pi” MFYda joylashgan bo`lib, 1989 yilda o`z faoliyatini boshlagan. Loyihaviy quvvati 24 guruh, 720 o`ringa mo`ljallangan edi, endilikda ushbu maskan qayta rekonstruksiya etilganidan so`ng endilikda 840 o`ringa etkazildi. Loyihaning umumiy qiymati 13 mlrd. 700 mln. so`mni tashkil etadi, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, tashkilotda bolalarni sog`lom ovqatlantirish autsorsing usulida tashkil etilgan bo`lib, tashkilot o`z faoliyatini boshlangandan so`ng 98 nafar xotin-qizlar doimiy ish bilan ta`minlanadi. Ulardan 55 tasi pedagog xodimlarni tashkil etishi ko`zda tutilgan.
Hozirda ushbu maskanga ta`lim sifatini oshirish maqsadida yana 20 nafar oliy ma`lumotli pedagog tarbiyachilarni, asosan, Koreyaning Puchon universiteti bitiruvchilarini taklif etish rejalashtirilgan, deya xabar bermoqda vazirlik.






