Kambag`allik muammosi insonlarni uzoq davrdan beri o`ylantirib keladi. Kimdir adolatsizlik, tanish-bilish, korrupsiya kabi illatlar davlatni kambag`al qiladi desa, boshqalar joylashuv va mentalitet deydi.
Keling, hozir kambag`allik yuqori bo`lgan mamlakatlarni ko`rib chiqamiz. Eng mashhur misollardan biri bu — Venesuela. 2017 yildan beri ushbu mamlakat aholisining 90% i kambag`allikda yashab kelmoqda. 2021 yildagi ma`lumotlarga qaraganda, ularning 70% i o`ta kambag`al sharoitga tushib qolgan. Bu qanday yuz berdi? 1990 yilda hokimiyatga kelgan Chaves balandparvoz gaplar bilan hammani baxtli qilishni va tenglikni ta`minlashni va`da qilgan. Va`dasining ustidan chiqish uchun narxlarni nazorat qilish siyosatini olib borib, hamma narsa arzon bo`lishi kerak degan g`oyani targ`ib qilgan. Buning oqibatida foyda qilmay qo`ygan tadbirkorlar o`z bizneslarini to`xtatishgan. Buning natijasida davlat iqtisodiyoti noto`g`ri yuritilivuvga kelib qolgan. Keyinchalik qayta ish boshlagan tadbirkorlar hamma mahsulotlarini qimmatga pullashgan va uning oqibatida mamlakada hatto hojatxona qog`ozini topish ham muammo bo`lib qolgan.
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvining juda ko`p turlari bor. Hozirgi kunda eng ommalashgani esa bu — subsidiyalar. Bu so`zni juda kam eshitamiz, lekin mana shu so`z bizning hayotimizga katta ta`sir qiladi. Bu faqat bir davlat ichida emas, xalqaro savdoda ham uning ta`siri yuqori. Bizga yaxshi tanish bo`lgan paxta savdosida ham uning ta`siri ko`rinadi. Misol uchun, AQSh hukumati davlatdagi paxta ishlab chiqaradigan odamlarga har yili subsidiya, ya`ni yordam ajratadi. Ular yordam olgandan keyin xalqaro savdoda paxtasini arzonga sota oladi. Buning oqibatida paxtasini qimmat narxda sotishi mumkin bo`lgan davlatlar ham o`z mahsulotini suvtekinga sotishga majbur bo`ladi. Bular O`zbekiston, Turkmaniston va boshqalar.
Subsidiya uni ishlatadigan davlat ichida ham muammolar keltirib chiqaradi. Masalan, 2021 yil noyabr oyida Xalq ta`limi vaziri O`zbekistondagi barcha maktabni remont qilib, hamma muammolarni hal qilish uchun 37 trillion so`m, ya`ni 3 milliard dollardan oshiq pul kerakligini aytgan. Siz o`ylashingiz mumkin, bu juda katta pul-ku. Bizda bunaqa pul nima qiladi, deb. To`g`ri, bu kichkina pul emas, lekin aynan o`sha pullar cho`ntagimizda turibdi. Chunki davlat har oy bizani “svet”imiz uchun 100 ming so`m beradi. Ishonmayapsizmi? Qarang, siz “svet” va gaz uchun har oy pul to`laysiz. Masalan, “svet”ning tan narxi qancha turishini bilasizmi? 2 kilovatti 800 so`m. Deylik, siz har oy 200 kilovatt, ya`ni 160 ming so`mlik elektr energiyasini sarflaysiz. Davlat eskidan qolgan tizim doirasida sizga 100 ming so`mni, ya`ni har bir kilovatt uchun 505 so`mni to`lab beradi. Siz bir kilovatt uchun 295 so`m to`laysiz. Lekin bu siz uchun zararga ishlaydi. Hayotimizni yaxshilashga ketishi mumkin bo`lgan pullar shundog`am boy bo`lgan odamlarning uyida gaz va “svet” doimiy bo`lishi uchun ketadi. Qanday qilib deysizmi? Chunki hamma-ham sizdek 160 ming so`mlik tok ishlatmaydi. Davlat kimlargadir 400 ming so`m, yana kimlargadir 700 ming so`m qoplab beradi. Davlatning bu harakati subsidiya deb ataladi. Va u sizning byudjetdagi pullaringizdan to`lanadi. Yana-da osonroq tushunishingiz uchun misol keltiraman. Deylik, Xolmat ismli qo`shningiz 2-3 million oylik oladi. Uning uyida bitta televizor, bitta muzlatgich va bitta kondisioner bor. Tok uchun ham oy 200 ming so`m to`laydi. Sunnat ismli qo`shningiz esa oyiga 20-30 million so`m topadi. Uning uyida 3 ta televizor, 4 ta muzlatgich va bir nechta kondisionerlari bor. U tok uchun bir oyda 1 million so`m to`laydi. Endi hisoblab ko`ring, davlat qaysi birining “svet”i uchun ko`proq subsidiya ajratadi? Tabiiyki, Sunnatga. Ya`ni davlat Xolmatlarning toki uchun 4,2 trillion so`m ajratadi. Sunnatboylarga esa 8,3 trillion so`m. 2020 yilda O`zbekistonda odamlar “svet” bilan gazni arzonroq olishi uchun 35 trillion so`m sarflandi. Bu pulga 8 777 ta maktab, 27 mingta bog`cha, 2 ta “Burj Xalifa” binosi, 10 “Mercedes” zavodini qurish, 41,5 ta Mbappeni “Paxtakor”ga olib kelish yoki 254 062 ta “Gentra” olish mumkin edi. Bu pullarga O`zbekistondagi barcha maktablarni ta`mirlab, “chotke” qib qo`ysa bo`lardi. Atiga bir yil narx arzon bo`lishi uchun berilgan pullarga...
O`n bir yil ichida qariyb 67 milliard dollar sarflangan. Bu pul hozirgi kurs bo`yicha 737 228 415 894 623 so`m degani. Subsidiya bu aslida ma`lum bir sohaning rivojlanib ketishi uchun yordam sifatida ishlatiladigan vosita. Misol uchun, fermerlik yoki IT va boshqa sohalarni rivojlantirish uchun vaqtincha soliq hamda boshqa imtiyozlarni beradi. Takrorlayman: vaqtincha. Uni doimiy ajratib borish subsidiya emas, balki davlatning pullarini havoga sovu






